TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYA CHIRCHIQ FILIALIGA 2024/2025 O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURAGA O‘QISHGA QABUL QILISH VA KIRISH IMTIXONLARINI O‘TKAZISH TARTIBI
Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filialida 2025/2026-o‘quv yilida klinik ordinaturaga hujjatlar 2025-yil 20-avgustgacha (shu kuni ham) onlayn (quyida keltirilgan) tarzda qabul qilinadi.
Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:
- Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda TTA Chirchiq filiali direktori nomiga namuna-ariza
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarini grant bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova
- 086-U-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma
- Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat
Klinik ordinatura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilishda tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo’nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtihonlari amalga oshiriladi, bunda fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari test sinovlari shaklida o‘tkaziladi;
Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filialida mutaxassislik bo‘yicha kirish imtixonlari 2024 yil 24-26 avgust sanalarida o‘tkaziladi.
Murojaat uchun «Call markaz»:
+998 77 156 14 45
Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali klinik ordinaturasiga qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasiga binoan tegishli buyruqlarga asosan qabul qilinadi. Buyruq 17.07.2024 Buyruq№238
2024/2025 o‘quv yilida tibbiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari va viloyatlar bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarida o‘qitish uchun o‘rinlar soni: Kvota 2024-2025
Klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot kadrlarni 2024/2025 o‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklari va ularga muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yunalishlari ro‘yxati: Ta’lim yo’nalishlari mosligi
Klinik ordinaturani grant yoki maqsadli kvota (grant yoki kontrakt) asosida o‘qishni tugatgan, ammo 3 yil ishlab bermagan shifokorlar klinik ordinaturaga o‘qishga qayta qabul qilinmaydi!
Chet el fuqarolari klinik ordinaturaga suhbat orqali qabul qilinadi va hujjatlar qabuli bo‘yicha TTA Chirchiq filiali Xalqaro fakultetiga murojaat qilinadi:
+998 77 157 14 45