E'lonlar

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
1. my.uzbmb.uz sayti orqali. Bunda saytga abiturientning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqami kiritiladi.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali. Bunda saytga abiturientning ID raqami kiritiladi.

3. SMS-xabarnoma xizmati orqali. 5100 raqamiga abiturientning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4. Test natijalari qaydnomasi orqali. Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.