Uncategorized


🏛 6-fevral kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Chirchiq filiali direktori G’.Sultanov hamda 1-bosqichda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida navbatdagi ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

👨‍👩‍👧‍👧 Uchrashuv davomida direktor tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasida sifatli kadrlarga ehtiyoj doimiy ortib borayotgani, ushbu talablardan kelib chiqib, filialda ta’lim sifatini oshirish, korrupsion holatlarga murosasizlik muhitini yaratish borasida hamda talabalarni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan  ishlar xususida gapirib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv talabalar va filial rahbariyati o‘rtasida o‘zaro ishonch va ochiqlik asosidagi samarali aloqalarni mustahkamlashi hamda ikki tomonlama muloqot qilish imkoniyatini yaratgani bilan  ahamiyatlidir.

Samimiy ruhda oʻtkazilgan uchrashuvda talabalarni qiynayotgan muammolar eshitildi, ularning yechimlari yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.