Filialning kelajak maqsadlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-244 son qarori bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakultetini Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial)ga aylantirildi.

Filial davlat muassasasi shaklida 2023-yil 20-dekabrda Chirchiq shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim etilgan 2338365-sonli guvohnomaga ega.

Bugungi kunda filialda 1 ta fakultet, 7 ta kafedra faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 3 ta kafedra tibbiy-biologik, qolgan 4 tasi klinik kafedra. O‘quv binolari soni 4 tani tashkil etadi. O‘quv auditoriyalari 84 ta, ma’ruza zallari 7 ta.

Yuqori salohiyatli 74 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelmoqda. Filialda hozirgi kunda Davolash ishi, Pediatriya, Farmatsiya hamda Psixologiya bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida 800 ga yaqin mahalliy hamda xorijiy talabalar tahsil olmoqda. Bundan tashqari 13 ta mutaxassislikda klinik ordinatorlar tayyorlanmoqda.

 Yaqin kelajakda ta’lim eksportini oshirish, xorijiy talabalar ulushini yanada ko‘paytirish, xalqaro qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, beg‘araz investetsiyalarni jalb qilish maqsadida xorijlik investerlar bilan kelishuvlar, muhokamalar amalga oshirilmoqda.