E'lonlar

 

♻️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali talabalari uchun “Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholash tizimi joriy etildi

10 ta asosiy mezon asosida sizning faolligingiz 100 ballik tizimda baholanad

i🟢 Baholash mezonlari:
✅ Kitobxonlik – 20 ball
✅ “5 tashabbus” to‘garaklaridagi ishtirok – 20 ball
✅ Akademik o‘zlashtirish (GPA) – 10 ball

✅ Ichki tartib va odob-axloqqa rioya – 5 ball
✅ Tanlovlar va musobaqalardagi yutuqlar – 10 ball
✅ Darslarga qatnash (davomat) – 5 ball
✅ “Ma’rifat darslari”dagi faollik – 10 ball
✅ Volontyorlik va jamoatchilik ishlari – 5 ball
✅ Teatr, muzey, tarixiy joylarga tashriflar – 5 ball
✅ Sog‘lom turmush tarzi va sport – 5 ball
✅ Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotdagi tashabbus – 5 ball

❗️Kitobxonlik mezonini baholash uchun quyidagi saralangan adabiyotlardan 40 ta test topshiriqlarini bajarishingiz talab etiladi.
(Test topshirish vaqti alohida e’lon qilinadi)

1.“O‘tkan kunlar” romani (Abdulla Qodiriy)
2.“Kecha va kunduz” romani (Abdulhamid Cho‘lpon)
3. “Ikki eshik orasi” roman (O‘tkir Hoshimov)
4.“Asrga tatigulik kun” romani (Chingiz Aytmatov)
5.“Ufq” trilogiyasi (Said Ahmad)
6.“Dunyoning ishlari” qissasi (O‘tkir Hoshimov)
7.“Asror bobo”, “Ming bir jon”, “O‘g‘ri”, “Bemor” “O‘jar”, “San’atkor”, “Adabiyot muallimi” hikoyalari (Abdulla Qahhor)
8.“Molxona” qissasi (Jorj Oruell)
9.“Ruhlar isyoni” dostoni (Erkin Vohidov)
10.“Garov” hikoyasi (Anton Chexov)

❗️Qolgan mezonlarga doir hujjatlar talabalar tomonidan saytga (https://ttachf.uz/?page_id=2819) yuklanishi lozim, Filial tomonidan biriktirilgan mas’ullar talaba yuklagan hujjatlarini baholaydi va komissiya tomonidan qaror qabul qilinadi.

📚 Baholash rasmiy sayt orqali amalga oshiriladi.

↗️Agar sizda ushbu tizim bo‘yicha savollar, tushunmovchiliklar yoki murojaatlar bo‘lsa – quyidagi mas’ullariga murojaat qiling:

✅ Bosh mas’ul: Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari B.N.Boboyorov.

➡️FAKULTET MAS’ULLARI:
Davolash va pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
👤J.M.Musurmonqulov
📞 +998983632821
🏢Asosiy bino, 2-qavat

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi.
👤N.B.Diyorova
📞 +998930710899
🏢 Asosiy bino, 1-qavat

Davogar talabalar ro’yhatdan o’tishi uchun Filial rasmiy saytidagi Talabalarga – Ro’yhatdan o’tish (https://ttachf.uz/?page_id=2819) bandiga kirishi hamda mezonlarga muvofiq asos bo’luvchi hujjatlarini yuklashi talab etiladi.

✳️ Hurmatli talabalar, grant o’rinlarini saqlab qolish yoki grantga ega bo’lish o’zingizning qo’lingizda, sizdan faqat mas’uliyat va vijdonan yondashuv talab etiladi.

‼️Belgilangan muddatda (joriy yil 20-iyul soat 24:00 ga qadar) mazkur saytdan ro’yhatdan o’tmagan talabalar hujjatlari qabul qilinmasligini rasman ogohlantiramiz.