Без рубрики

So‘nggi kunlarda internet nashrlarida, jumladan (The New Indian Express va Dayro.uz) tomonidan tarqatilgan “Hindiston talabalarni O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikka chaqirdi” sarlavhali maqolada yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

1. Akademik va klinik standartlarga rioya qilinmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali (keyingi o‘rinlarda – Filial) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-244-son qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakultetini («Davolash ishi» ta’lim yo‘nalishi) yanada kengaytirish orqali tashkil etilgan.

Filial 2023-yilda yuridik tashkilot sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va rasmiy guvohnomaga ega, 2024-yil dekabr oyidan to‘laqonli faoliyatini boshladi, 2024/2025 o‘quv yilidan birinchi kursga o‘qishga talabalar qabul qilindi. Hozirgi kunda 2 ta fakultetning 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida jami 801 nafar talaba tahsil olmoqda hamda 13 ta mutaxassislik bo’yicha klinik ordinator tayyorlanmoqda. Shundan 5 nafar Hindistonlik, 1 nafar Iordaniyalik, 8 nafar Pokistonlik va 7 nafar Misrlik xorijiy talabalar tahsil olmoqda.

Filialda ta’lim jarayoni O‘zbekistonda amaldagi tibbiy ta’lim standartlari hamda Jahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) talablariga mos keladigan xalqaro talablarga javob beradigan va xalqaro akkreditatsiyadan o’tgan zamonaviy o‘quv dasturlari, simulyatsion markazlar va 10 ga yaqin Toshkent viloyati va Chirchiq shahrida joylashgan o’quv klinik amaliyot bazalari mavjud bo‘lib, talabalar ushbu muassasalarda malakali mutaxassislar rahbarligida ta’lim olishmoqda.

Ma’lumot uchun Filiali Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (World Federation for Medical School) hamda Xalqaro tibbiy ta’limni rivojlantirish jamg’armasi (Foundation for Advancement of International Medical Education) tomonidan tashkil etilgan Jahon tibbiyot maktablari katalogi (The World Directory of Medical Schools) ro’yhatidan joy olgan.

2. Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi

Filialda zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar, elektron ta’lim platformalari, axborot-resurs markazi (kutubxona) va talabalar turar joylari barcha sharoitlar bilan ta’minlangan.

3. Talabalar uchun ochiq va shaffof muhit yaratilgan

Filial faoliyatida shaffoflik, akademik erkinlik va talabalar huquqlarini himoya qilish ustuvor hisoblanadi. Hech qanday bosim yoki majburlash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha o‘qish shartlari, to‘lov miqdori va akademik talablar rasmiy manbalar orqali ochiq e’lon qilinadi.

4. Xalqaro hamkorlik va talabalar kontingenti

Filialida hozirda Hindistondan kelgan ko‘plab talabalar muvaffaqiyatli tahsil olib bormoqda. Ular uchun maxsus adaptatsiya dasturlari, ingliz tilida o‘qitish guruhlari va klinik amaliyot tashkil qilingan. Filial xalqaro hamkor universitetlar va tibbiy markazlar bilan ham faol ish olib bormoqda.

5. Hindiston MTK bilan ochiq muloqotga tayyormiz

Filial Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (NMC) tomonidan bildirilgan ma’lumotlar joyda o’rganishlarga asoslanmaganligi va bildirilgan xavotirlarga jiddiy yondashadi hamda har qanday tekshiruv va muloqot uchun ochiq ekanligini ma’lum qiladi. Biz ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdormiz.

Xulosa:

Yuqoridagi asossiz ma’lumotlar orqali universitet filiali obro‘siga zarar yetkazish harakatlarini qoralaymiz va xalqaro hamjamiyat, ayniqsa Hindistondagi talabalar va ularning ota-onalariga ishonch bilan ma’lum qilamizki, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida tibbiy ta’lim sifati va xalqaro standartlarga muvofiqlik doimiy ravishda ta’minlanadi.

ToshDavTU Chirchiq filiali matbuot xizmati