E`lonlar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialiga 2025/2026-o‘quv yilida Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar 2025-yil 21-avgustgacha (shu kuni ham) onlayn tarzda Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Bunda:
– Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini grant bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
– Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi 214-son buyrug‘iga asosan, tanlov o‘tkazish tadbirlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida, Klinik ordinatura (rezidentura)ga tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan talabgorlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining yarim barobari miqdorida to‘lov amalga oshirishlari lozim.
Klinik ordinatura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bir bosqichli tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlar negizida kirish sinov imtihonlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan amalga oshiriladi.
2025/2026-o‘quv yilida tibbiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari va viloyatlar bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarida o‘qitish uchun o‘rinlar soni Kvota 2025-2026
Klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot kadrlarni 2025/2026 o‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklari va ularga muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yo`nalishlari ro`yxati Ta’lim yo‘nalishlar mosligi
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali qabul komissiyasi “Call markazi”ga va mas’ul shaxsga murojaat qilishingiz mumkin.
“Call markaz” raqamlari
+99899 925 26 37
+99899 925 26 38
Mas’ul shaxs:
To‘rayev Bahodir: 998 90 806 93 49
Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish ta’qiqlanadi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali qabul komissiyasi barcha talabgorlarga muvafaqqiyat tilaydi!