2025-yil 4–6-avgust kunlari Qoraqalpogʻiston Tibbiyot Institutida (QTI) “Atrof-muhit salomatligi uskunalarini amaliy qo‘llash” mavzusida uch kunlik xalqaro trening o‘tkazilmoqda.
Mazkur trening Korea Universitetining Atrof-muhit salomatligi instituti (Center for Global Health Strategy, Institute for Environmental Health, Korea University) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
🧪 Treningning asosiy maqsadi – atrof-muhit salomatligi yo‘nalishida zamonaviy uskunalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, xalqaro tajriba almashinuvi va ilmiy salohiyatni mustahkamlashdan iborat.
Treningda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali va Korea Universitetining qo‘shma loyihasi doirasida malaka oshirgan, Filial o’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig’i B.Shodmanov hamda Tashkiliy-uslubiy bo’lim boshlig’i T.Alisherovlar trener sifatida ishtirok etmoqdalar.
Mazkur xalqaro tashabbus Korea Universiteti tomonidan rasmiy ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda va O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, atrof-muhit salomatligi sohasida malakali kadrlar salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi
.