E`lonlar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialining “Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklar va akusherlik-ginekologiya” kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent Djumanov Baxtiyor Abdurazzaqovich Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi va bir qator kafedralar bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvda quyidagi kafedra mudirlari va mas’ullar ishtirok etdilar:

🔹 Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi
▫️ t.f.d., dotsent Ibragimov Ne’matjon Komiljonovich – kafedra mudiri
▫️ katta o‘qituvchi Nishonov Murod Rasuljonovich – o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul

🔹 1-son fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi
▫️ t.f.d., professor Hakimov Murod Shavkatovich – kafedra mudiri

🔹 Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi
▫️ Najmutdinova Dilbar Qamariddinovna – kafedra mudiri

🔹 Akusherlik va ginekologiya kafedrasi
▫️ Shukurov Farxad Ishqulovich – kafedra mudiri

📌 Uchrashuv davomida kafedralararo hamkorlik rejalari ishlab chiqildi, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi belgilangan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.