E`lonlar

#hamkorlik📃🤝
09.09.2025

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuxrat Boymuradov boshchiligida universitet delegatsiyasining ToshDavTU Chirchiq Filialiga tashrifi (25.08.2025 y.) mobaynida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, 09.09.2025 yil ToshDavTU Chirchiq Filiali
“Ijtimoiy fanlar va xorijiy tillar”
kafedrasi jamoasi Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Universitetning “Oʻzbek va xorijiy tillar”, “Pedagoga va psixologiya”, “Informatika”, “Ijtimoiy fanlar” kafedralari bilan hamkorlik rejalari tuzilib, kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan istiqbolli ishlar koʻlami muhokama qilindi.