🇺🇿 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul qilingan 1-bosqich talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👨👩👧👦 Tadbirda ota-onalar filialdagi:
🔹 O‘quv jarayonlari
🔹 Ta’lim dasturlari
🔹 Talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar
🔹 Yotoqxona va ijtimoiy hayot imkoniyatlari bilan batafsil tanishtirildi.
📚 Filial rahbariyati va professor-o‘qituvchilar jamoasi ota-onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning savollariga javob berishdi.
🎯 Ushbu uchrashuv talaba-yoshlarning bilim olishi va rivojlanishi uchun ota-ona va ta’lim muassasasi hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.