📚 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali Axborot-resurs markazi xodimlari 1-bosqich talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi
🔹 2025-yil 15-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali Axborot-resurs markazi tomonidan 1-bosqich talabalar bilan tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi.
🔹 Uchrashuv davomida ARM xodimlari tomonidan markaz faoliyati, mavjud adabiyotlar, elektron resurslardan foydalanish tartibi hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔹 Tadbirning asosiy maqsadi – talabalarni ilmiy-axborot resurslari bilan tanishtirish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish va o‘quv jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
📖 Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
📌 Axborot-resurs markazi barcha talabalarni faol kitobxon bo‘lishga chorlaydi va doimiy ravishda xizmat ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi.