E`lonlar

🗓 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul qilingan 1-bosqich talabalarning ota-onalari bilan forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari va ota-onalar ishtirok etdilar. Forum davomida:

🔹 Talabalarni o‘qitish jarayoni, yotoqxona, ichki tartib-qoidalar va tibbiy ta’limning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berildi;
🔹 Ota-onalarning savollariga javob berildi, fikr-mulohazalari tinglandi;
🔹 Talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔍 Ushbu forum ota-onalar, talabalar va universitet o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish, ochiqlik va ishonch muhitini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.

📌 Tadbir yakunida ota-onalar o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, farzandlari uchun yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.

🧬 TDTU Chirchiq filiali — ilm-fan va insoniylik uyg‘unligiga yo‘l!