Tibbiy-biologik fanlar” kafedrasi “Tibbiy fundamental fanlar”,kafedrasi asosida 2024-yilda tashkil qilingan.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab O’zDJTSU Tibbiyot fakulteti tashkil qilingan. “Sport tibbiyoti va bioximiya” kafedrasi tarkibida Davolash ishi yo’nalishi talabalari uchun aloxida pedagoglar biriktirilib, kafedra kengaytirilgan va Nishanov I.B. raxbarlik ostida o‘z ishini olib borganlar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 28-iyul 2023-yildagi PQ-244-sonli xujjati asosida Toshkent viloyatini malakali tibbiyot kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tibbiyot fakulteti negizida Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, “Sport tibbiyoti va bioximiya” kafedrasi 2024- yil 3- yanvardan Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash fakulteti Tibbiy fundamental fanlar kafedrasiga o’zgartirildi va Serebryakov V.V. raxbarlik ostida o‘z ishini olib borganlar. “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasidan 2024-yil 4-setyabrdan “Tibbiy-biologik fanlar” kafedrasi ajralib chiqdi. Hozirgi kunda kafedra Saydullayev Abduxalim Abdusalim o‘g‘li rahbarligi ostida. Kafedrada “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Farmatsiya” yo‘nalishi talabalariga malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan Tibbiy kimyo, Tibbiy biologiya. Umumiy genetika, Noorganik kimyo, Tibbiy va biologik fizika, Gistologiya. Sitologiya. Embriologiya, Farmakologiya, Ekologiya va gigiena fanlaridan amaliy va ma’ruza mashg’ulotlari olib boriladi. Bundan tashqari, chet davlatlardan kelgan “Davolash ishi” yo‘nalishi xorijlik talabalari uchun ham mashg’ulotlar olib boriladi.