Anatomiya va Patalogiya kafedrasi

Our Feature

KAFEDRA TARIXI

Toshkent tibbiyot akademiyasi ‘‘Anatomiya va patologiya’’ kafedrasi  TTA ChF “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi, uning ildizuda O’zDJTSU  “Anotomiya va fiziologiya”, “Fiziologiya va patologiya” kafedralari asosida 2024-yilda tashkil qilingan.   

 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab O’zDJTSU Tibbiyot fakulteti tashkil qilingan. “Anatomiya va fiziologiya” kafedrasi tarkibida  Davolash ishi yo’nalishi talabalari uchun aloxida pedagoglar biriktirilib, kafedra kengaytirilgan va b.f.n. prof. D. D. Safarova raxbarlik  ostida  o‘z ishini olib borganlar.  2022-2023 o`quv yilidan boshlab “Anatomiya va fiziologiya” kafedrasi  “Anatomiya ”, “Fiziologiya va patologiya” kafedrasiga bo`lindi. 2023- 2024 o’quv yilidan esa “ Fiziologiya va patologiya ” kafedrasi “ Patologiya asoslari” kafedrasi sifatida qayta shakllantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 28-iyul 2023-yildagi PQ-244-sonli xujjati asosida Toshkent viloyatini malakali tibbiyot kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tibbiyot fakulteti negizida Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etildi.

 Shu munosabat bilan, “ Patologiya asoslari” kafedrasi 2024- yil 3- yanvardan Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash fakulteti Tibbiy fundamentak fanlar kafedrasiga o’zgartirildi. 2024-yil sentyabr oyidan kafedra qayta tashkillashtirilib,‘‘Anatomiya va patologiya’’ kafedrasi  nomi berildi. Hozirgi kunda  kafedra v.b dotsent. Serebryakov Vladimir Vladimirovich  rahbarligi ostida.

Kafedrada  Davolash ishi yo’nalishi 1-, 3-, 4- kurs talabalari , Pediatriya ishi, Farmatsiya yo’nalishi talabalari uchun  Normal fiziologiya, Patologik fiziologiya, Patologik anotomiya, Odam anatomiyasi, Anatomiya va fiziologiya, Sud tibbiyoti ekspertizasi, Klinik anatomiya(OXTA)  fanlaridan amaliy va ma’ruza mashg’ulotlari olib boriladi.

Anatomiya va Patalogiya kafedrasi

Serebryakov Vladimir Vladimirovich

Kafedra mudiri

Namozova Gulnoza Inatullayevna

KATTA O‘QITUVCHI

Kuchkarova Bibirajab Kuramboy qizi

ASSISENT

Raxmonberdiyev Muhammadjon Axmadjon o‘g‘li

ASSISTENT