2021-2022 o‘quv yilidan boshlab O’zDJTSU Tibbiyot fakulteti tashkil qilingan. “Ichki kasalliklar propedivtikasi” kafedrasi tarkibida Davolash ishi yo’nalishi talabalari uchun aloxida pedagoglar biriktirilib, kafedra kengaytirilgan va Xujabekov A.U. rahbarligi ostida o‘z ishini olib borganlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 28-iyul 2023-yildagi PQ-244-sonli xujjati asosida Toshkent viloyatini malakali tibbiyot kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tibbiyot fakulteti negizida Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, “ Ichki kasalliklar propedivtikasi” kafedrasi 2024- yil 3-yanvardan Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasiga o’zgartirildi va kafedrada Xujabekov A.U rahbarligi ostida Tibbiy radiologiya, Ichki kasalliklar, Ichki kasalliklar propedivtikasi, Klinik labarator diagnostikasi, Umumiy xirurgiya, Ishlab chiqarish amaliyoti, fanlaridan amaliy va ma’ruza mashg’ulotlari olib borilgan. 2024-yil 5-sentyabrdan“Umumiy xirurgiya” kafedrasi “ Ichki kasalliklar propedivtikasi” kafedrasidan ajirab chiqdi , kafedra tarkibida jami 10 nafar, asosiy shtatda 5 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Kafedra mudiri Djumanov Baxtiyor Abdurazaqovich. Kafedrada Davolash ishi, Pediatriya yo‘nalishi talabalariga malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan Umumiy xirurgiya, Xirurgik kasalliklar, Uralogiya, Bolalar travmotologiya va ortopediya fanlaridan amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlari olib boriladi. Bundan tashqari, chet davlatlardan kelgan davolash ishi yo‘nalishi xorijlik talabalari uchun ham mashg’ulotlar olib boriladi.
KAFEDRA MUDIRI
KATTA O‘QITUVCHI
ASSISTENT
ASSISTENT
ASSISTENT
ASSISTENT
ASSISTENT
ASSISTENT
ASSISTENT
ASSISTENT