O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2025-yil 17-oktabrdagi
656-son qarori “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
2025–2026 o‘quv yili uchun Tyutorlik lavozimiga ishga qabul e’lon qiladi.
✅Tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari:
• Ta’lim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ta’lim standartlari talablari hamda mazmunini bilish;
• Talabalar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid bilimga ega bo‘lish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish malakasiga ega bo‘lish;
• Sohaga oid yangiliklardan xabardor bo‘lish;
• Axborotni tahlil qilish, umumlashtirish va axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Qarorlar qabul qilish, o‘z fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda aniq, lo‘nda ifoda eta olish;
• Talabalarning oliy ta’lim muassasasidagi faoliyatini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini qo‘llay olish.
✅Malaka mezonlari:
• Oliy ma’lumotga (bakalavr darajasiga) ega bo‘lish (ilmiy daraja va unvonga ega shaxslarga afzallik beriladi);
• Amaldagi qonunchilikka muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lish;
• Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur bilish, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lish;
• Namunali shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lish: madaniyatli, mas’uliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor bo‘lish;
• Mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.