E`lonlar

Hurmatli Filial jamoasiaziz professor-o‘qituvchilar, qadrli talabalar va fidoyi xodimlar!

Joriy yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mamlakatimiz taraqqiyotida, ayniqsa, yoshlar siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu muloqotda 60 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etganiYurtboshimiz tomonidan jamiyatimizni eng katta qatlami bo‘lgan yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Bugungi kunda global raqobat sharoitida iqtisodiy o‘sish, innovatsion taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikning asosiy omili — bilimli, tashabbuskor va band yoshlardir.

Bugun mamlakatimizda 22 milliondan ziyod yoshlar bor. Bu — ulkan intellektual va mehnat salohiyati demakdir. Agar har bir yosh munosib ish o‘rniga, kasbga va o‘zini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa, o’sib kelayotgan avlod milliy taraqqiyotning eng mustahkam poydevoriga aylanadi.Ko‘ksaroydagi muloqot — yoshlar kelajagi uchun aniq yo‘l xaritasi. Unda belgilangan tashabbuslar esa moliyaviy manba va strategik maqsadlar bilan ta’minlangan. Biz ishonamizki, muloqotda ilgari surilgan 32 ta tashabbuslar va qaroryoshlarimizning bilimli, tadbirkor, raqobatbardosh va ijtimoiy faol bo‘lib kamol topishlari uchun yaratilgan ulkan imkoniyatdir.

Muloqotda quyida belgilab berilgan barcha imkoniyat va vazifalarni filial hayotiga tizimli ravishda joriy etishni ustuvor vazifa sifatida belgilaymiz:

1.Yoshlar bilan ishlash – mutlaq ustuvor vazifa

Endilikda har payshanbada “Yoshlar kuni” oʼtkaziladi.Filialimizda ham shu kuni:

Direktor va rahbariyat tomonidan ochiq muloqotlar oʼtkaziladi;

Yoshlar muammolari joyida hal qilinadi;

Talabalar tashabbuslari alohida qoʼllab-quvvatlanadi.

2. Bitiruvchilar bandligi va “Mening birinchi kasbim”

“Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida OTM bitiruvchilariga stajirovka asosida oyiga 2 million soʼmgacha stipendiya toʼlanadi. Shuningdek, kamida 5 nafar bitiruvchini ishga qabul qilgan tadbirkorlarga 10 milliard soʼmgacha kredit ajratilishi imkoniyati yaratiladi. Bu – ish beruvchi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi.

3. Yoshlar tadbirkorligi uchun mislsiz moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratiladi.

Imtiyozli moliyalashtirish:

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit limiti 300 million so‘mgacha oshiriladi;

Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun kredit miqdori 10 milliard so‘mgacha ko‘paytiriladi;

Innovasion startaplarga 100 ming dollargacha investisiya kiritishga ruxsat beriladi.

“Kelajak tadbirkori” dasturi:

7 yilga 15 foizli kreditlar;

Garovsiz 20 mln so‘mgacha (o‘zini o‘zi band qilganlarga);

300 mln so‘mgacha (yangi biznes boshlayotganlarga);

2 mlrd so‘mgacha (faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga);

10 mlrd so‘mgacha (5 nafar bitiruvchini ishga olganlarga).

1 martdan yangi ish boshlayotgan yoshlarning infratuzilmaga ulanish xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

“Ko‘mak” loyihasi doirasida biznesini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

4. Startaplar va biznes infratuzilmasi

Har bir hududda “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi;

Harvard University va Stanford University kabi nufuzli oliygohlar bilan hamkorlikda “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi orqali 40 ming yosh o‘qitiladi;

Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan 1000 nafar yoshga 3 yilga 200 mln so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi;

“Yosh tadbirkorlar” tanlovidagi 100 ta eng yaxshi loyihaga 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ beriladi;

“O‘sish va rivojlanish” loyihasidagi 40 ta startapga 2 mlrd so‘m ajratiladi;

Banklar 50 ming yoshga bepul biznes-reja tayyorlab beradi va 20 ming yoshni tadbirkorlikka o‘qitadi.

5. Kasbiy ta’lim va xalqaro tajriba

Texnikumlarda startaplarga 1 mlrd so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi;

“Work and travel” dasturi orqali texnikum o‘quvchilari xorijda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi;

Har bir tumanga 500 mln so‘mgacha ssuda ajratilib, kasb-hunar laboratoriyalari tashkil etiladi;

Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda har yili 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitadi.

“O‘quv markazlari uyushmasi” tashkil etilib, unga a’zo markazlarga qator soliq imtiyozlari beriladi. Olis hududlarda ijtimoiy soliq 1%, daromad solig‘i 7,5% qilib belgilanadi.

O‘qituvchilar AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarda stajirovka o‘taydi.

6. Volontyorlik va ijtimoiy loyihalar

Yoshlar ishlari agentligi qoshida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil etilib, unga har yili 62 milliard so‘m ajratiladi.

Eng yaxshi volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi;

Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohi tashkil qilinadi.

7. Ijtimoiy himoya va uy-joy

Yosh oilalar uchun ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.

“Ikkinchi imkon” loyihasi orqali jazoni o‘tab bo‘lgan yoshlar IT-kasblar va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.

8. Ma’naviyat va kitobxonlik

“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali:

Iste’dodli yozuvchilarga oyiga 20 mln so‘mdan haq to‘lanadi;

Maktablardagi eng faol kitobxonlarga 10 mln so‘m mukofot beriladi;

Oyiga 10 ming donadan ziyod kitob sotgan tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi.

  Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali malakali shifokorlar tayyorlaydigan muassasa sifatida biz ushbu vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirishni ustuvor maqsad deb bilamiz. Filial yoshlar uchun bilim, innovatsiya va tadbirkorlik xabi bo‘lishi, bitiruvchi esa ish izlovchi emas, balki qiymat yaratuvchi mutaxassis sifatida hayotga qadam qo‘yishlari uchun mas’ul hisoblanamiz.

Joriy yil 26-fevral kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  mas’ullar va talabalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, talaba-yoshlarni xorijiy tillar va zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ilmiy g‘oya va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning bandligi va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.Yig‘ilishda har haftani Payshanba kuni Yoshlar kuni sifatida  mas’ul rahbarlar bilan talabalar orasida ochiq muloqotlar kuni sifatida davra suhbatlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari bilan uchrashuvlar, seminarlar o‘tkazilishi, har bir fakultet va tarkibiy bo‘linma kesimida aniq “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish hamda birorta talabaning muammosi e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Ishonch bilan qayd etamizki,Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarni egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.