









🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali va Koreya Respublikasining Changvon Milliy Universiteti (CWNU) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! 🤝🌏
Ushbu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida:
🔹 Talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
🔹 Ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish
🔹 Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish
🔹 Tibbiyot sohasida qo‘shma ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish
kabi ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi.
📌 Bu memorandum xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va talabalarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.