
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida talabalikka bag‘ishlov tadbiri bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida birinchi bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar, ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yangi qabul qilingan talabalarga talabalik sharafli va mas’uliyatli yo‘l ekani, tibbiyot sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish uchun bilim va intizom muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, filial faoliyati, ta’lim jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tantanali tadbir davomida talabalar qasamyodi qabul qilinib, ularga omad va kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilandi. Madaniy chiqishlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.
Mazkur tadbir talabalar hayotida unutilmas xotira sifatida qoldi.