Uncategorized


Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Chirchiq filialida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 584-yilligiga bag’ishlangan “Alisher Navoiy – buyuk davlat arbobi va ma’naviyatimiz gultoji ” mavzusida ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Chirchiq  filialining mas’ul rahbarlari, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Tadbirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Chirchiq filialining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor birinchi o’rinbosari, Falsafa doktori, dotsent B.N.Boboyorov tomonidan Buyuk bobokalonimizni ibratli hayoti, bunyodkorlik faoliyati, ilmiy merosi, jumladan o’zbek tilini rivojiga qo’shgan ulkan xizmatlari, davlat ravnaqi va xalq farovonligi yo’lida amalga oshirgan xayrli ishlari haqida batafsil ma’lumot berib, buyuk bobomizni hayoti va bunyodkorlik ishlari hammamiz uchun ibrat bo’lishi lozimligi, shuningdek, bobokalonimizni bebaho merosini o’qib-o’rganishimiz kerakligini alohida ta’kidlab o’tdi. Tadbir barchaga manzur bo’ldi.