F.I.SH. | Rasm | Lavozim | Ilmiy darajada va unvon | Til va darajasi |
Erkinov Shoxruxbek Umid o`g`li | ![]() | Xalqaro hamkorlik bo`lim boshlig`i | Yo`q | Ingliz tili B2 Rus tili C1 Nemis tili A1 |
Asadullayev Bunyod Xasan o`g`li | ![]() | Xalqaro hamkorlik bo`lim uslubchisi | Yo`q | Ingliz tili C1 Rus tili C2 Nemis tili A2 |
Xalqaro hamkorlik bo‘limi
Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari:
- Xalqaro aloqalarni rivojlantirish:
- Chet eldagi universitetlar, ilmiy markazlar, elchixonalar va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish.
- Hamkorlik shartnomalari va memorandumlarini tuzish:
- Xalqaro hamkorlik bo‘yicha shartnomalar, anglashuv memorandumlari tayyorlash, ularni muvofiqlashtirish va monitoring qilish.
- Chet ellik talabalar bilan ishlash:
- Chet ellik talabalarni qabul qilish, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va moslashuviga ko‘maklashish.
- Rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish:
- Universitetga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar, delegatsiyalar, professor-o‘qituvchilar uchun tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
- Universitetning xalqaro reytingini oshirishga ko‘maklashish:
- Xalqaro reyting agentliklari bilan ishlash, reytingga kirish uchun kerakli ma’lumotlarni tayyorlash.
- Xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish:
- Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish
Bo’lim haqida
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to’g’risidagi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo’riqnomalari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Filial Nizomi, yo’riqnomalari va tegishli ko’rsatmalari asosida ish olib boradi. Filial mehnat ichki tartib-qoidalariga, reglamentga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yo’riqnomalarga amal qiladi, o’rnatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi. Filial rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega bo’lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o’qituvchilar, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi. Kadrlar bo’limining professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash inspektorlari bevosita kadrlar bo’limi boshlig’i topshirig’i va ko’rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo’riqnoma asosida ish olib boradi. Ularning ish faoliyatini bo’lim boshlig’i nazorat qiladi.
Xodimlar bo’limi boshlig’i -Ismoilova Nasiba Abdurasulovna
Bo’lim vazifalari
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan maqsadlarga erishish va uni tatbiq etish uchun unumdor va samarali mehnat qilishni tashkil etadi. Kadrlarni joy-joyiga qo’yish bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi. Filial shtat jadvalini moliya-reja bo’limi bilan birgalikda muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimini o’zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo’shimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan o’tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi. Professor-o’qituvchi va xodimlarini Filial ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat qilish, ularni rag’batlantirish, moddiy yordam ko’rsatish, intizomiy jazo choralarini qo’llash yuzasidan buyruq tayyorlaydi. Harbiy xizmatga majbur bo’lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi o’smirlarning hisobini tegishli bo’lim (2-bo’lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va talabalarning shaxsiy ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnoma (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi. Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga shaxsiy guvohnoma, ma’lumotnoma berishni o’z vaqtida muddatini uzaytirilishini nazorat etadi. Mehnat daftarchasi va akademik ma`lumotnoma blankalarini ishlatish, hisobining yuritilishini nazorat qiladi. Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi, ularga o’z vaqtida pensiya tayinlanishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi. Kasallik varaqalarini rasmiylashtiradi. Filialdagi professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning va talabalarning belgilangan shaklda stastistik hisobotlarini olib boradi.
YAMMT bazasiga ishga qabul qilingan va mehnat shartnomasi bekor qilingan pedagog-xodimlar bo`yicha ma‘lumotlarni shakllantirib boradi.
Devonxona va arxiv bo‘limi.
Murtozayeva Xurshida Xolmo‘minovna
Devonxona va arxiv bo‘lim mudirasi
Tel:+998(77)-024-06-31
(77)-079-06-00
Qurbonova Mahliyo Vahhobjon qizi
Tel: +998 (88)1780676
Ma’lumoti: tugallanmagan oliy
__________________________________________________________________
Bo‘limning asosiy bajaradigan vazifalari:
- TDTU Chirchiq filialidagi devonxona va arxiv bo‘limi bu asosiy kirish hujjatlari kelib tushadigan va uni yunaltiradigan hisoblanadi. Devonxona mudiri hujjatlarni xavfsizligini ta’minlashi kerak.
- Bu tashkilotdagi kiruvchi va chiquvchi hujjatlarning yuritilishi, saqlanishi, ro‘yxatga olinishi, topshirilishi va arxivga joylashtirilishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatdir.
Asosiy vazifalari
Kiruvchi, chiquvchi va ichki hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash.. Hujjatlar harakatini nazorat qilish, belgilangan muddatda ijroga yo‘naltirish. Hujjatlar ustidan ijro nazoratini yuritish, ijro muddatlarini nazorat qilish.. Amalga oshirilgan hujjatlar bo‘yicha axborot tayyorlash.. Tashkilotda arxiv ishini tashkil etish, saqlash muddati tugagan hujjatlarni arxivga topshirish.. Hujjatlarni tizimlashtirish, inventarizatsiya qilish, nomenklatura asosida yuritish.. Arxivga topshirilgan hujjatlarni belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirishga tayyorlash.
Hujjatlar xavfsizligini, maxfiyligini ta’minlash.
Huquqlari
Tashkilotning barcha bo‘limlaridan hujjatlarni vaqtida olish va qayta topshirishni talab qilish.
Ruxsatsiz shaxslarga hujjatlarni berishni rad etish.
Hujjatlarni rasmiylashtirishda aniqlangan xatolar bo‘yicha tuzatishlar kiritishni talab qilish.
Rahbariyatga takliflar kiritish, hujjat aylanishini takomillashtirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish.
Mas’uliyati
Hujjatlarni noto‘g‘ri yuritilishi, yo‘qolishi yoki buzilishi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi. Maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun qonuniy javobgarlikka tortiladi. O‘z vaqtida hujjatlarni topshirmaganligi, ijro muddatlarini buzganligi uchun rahbariyat oldida javobgar hisoblanadi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi.
Ahmedova Matluba Abdusalomovna
Iqtidorli talabalrning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkli etish bo‘limi boshlig‘i.
E-mail: eziyolayev@gmail.com
Ilmiy darajasi: Magestr
Mamadjonova Dilafruz Baxtiyorjon qizi
Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini
tashkil etish bo‘limi muxandisi
E-mail: dilafruzmamadjonova65@gmail.com
Ma’lumoti: tugallanmagan oliy
__________________________________________________________________
Bo‘limning asosiy bajaradigan vazifalari:
- TDTU Chirchiq filialidagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash;
- Iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;
- Iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
- Innovatsion loyihalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilmiy- innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish;
- Iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga koʻmaklashish;
- Oliy ta’lim muassasalarida tegishli soha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi avlod ilm-fan jamoalari va maktablarini shakllantirish;
- Ilm-fan sohasida oʻz oʻrnini topib borayotgan, kelajakda mamlakat ilm- fani nufuziga oʻz hissasini qoʻsha oladigan boʻlajak akademiklar jamoalarini shakllantirib borish;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishning turli usullari, yo‘nalishlari va ko‘nikmalarining o‘zlashtirishlariga sharoit yaratish;
- Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etishi orqali o‘quv materiallarini chuqurroq o‘zlashtirishiga ko‘maklashish va ularning ushbu jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish;
- Iqtidorli talabalarni Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida, davlat stipendiyalari hamda davlat mukofotlari tanlovlarida faol ishtirokini ta’minlash;
- Talabalarni TDTU Chirchiq filialida bajariladigan ilmiy tadqiqot loyihalariga keng jalb qilish;
- Yoshlar akademiyasi liderlari saylovini Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etish va ular faoliyat olib borishiga ko‘mak berish;
- Talabalarni ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilishga keng jalb qilish;
- Bakalavriyat, magistratura, klinik ordinatura va doktorantura bosqichi talabalari o‘rtasida “Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’sis etilgan nomli stipendiyalar hamda turli nominatsiyalar” tanlovini tashkillashtirish hamda stipendiya va nominatsiyalar sohiblarini rag’batlantirish bo‘yicha xujjatlarni rasmiylashtirish;
- Iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyati natijalari, erishgan yutuqlari va amalga oshirgan ishlari yuzasidan OAV vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish;
Ishlar boshqarmasi
Xudoyberdiyev Jaxongir Baxodirivich
Telefon Raqam: +998946009044
Email: jahongir1988.04.03@mail.ru
Ishlar boshqarmasining barcha turdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi, boshqarma xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va uni nazorat qiladi;
Ishlar boshqarmasining joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi va boshqarma xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Boshqarmaning yil davomida olib borgan faoliyati natijasi bo‘yicha hisobotni tayyorlaydi;
Boshqarmaning ish rejasi, yo‘riqnomasi, nizomi, me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Boshqarma faoliyatini vazirlik boshqarma va bo‘limlari faoliyati bilan muvofiqlashtiradi;
Boshqa tashkilot va korxonalarga yuboriladigan hujjatlarni o‘z huquq va vakolati doirasida tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;
Boshqarma xodimlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablarini bevosita bajarilishi, ularni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar qilishi, faollik ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish masalalarini bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiradi;
Boshqarma xodimlarining mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishi, xodimlar tomonidan mehnat intizomiga qat’iy rioya qilinishi hamda qo‘l ostidagi xodimlarning ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib boradi;
Moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mehnat samaradorligini oshirish, shuningdek topshirilgan vazifaga nisbatan har bir xodimning va jamoaning mas’uliyatini oshirishga oid masalalarni hal etishni ta’minlaydi;
Boshqarma vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalari tadbirlarida rahbariyat ruxsati bilan ishtirok etadi;
Xodimlar tomonidan ichki tartib qoidalarga amal qilinishini, ish faoliyati davomida foydalanish uchun berilgan moddiy qiymatliklardan xodimlar ehtiyotkorlik bilan unumli foydalanilayotganligi xolatini doimiy nazorat qiladi;
Filial hududi va binolariga xodimlar hamda boshqa shaxslarning kiritilishi hamda chiqarilishi shuningdek, moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarni kiritilishi hamda chiqarilishi ustidan to‘liq nazoratni olib boradi;
Filial xodimlari tomonidan moddiy boyliklardan unumli, tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanilishini va moddiy boyliklarga nisbatan zarar keltirilishini oldini olish choralarini ko‘radi;
Filial balansida bo‘lgan moddiy qiymatliklarni inventarizasiya qilishda ishtirok etuvchi komissiya a’zolari ishini tashkil etadi;
Xodimlarni moddiy javobgarlik haqidagi joriy qonunlar bilan, shuningdek unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarni saqlash, qabul qilish, ro‘yxat asosida tarqatish, tashish bilan bog‘liq amaldagi yo‘riqnomalar, me’yorlar va qoidalar bilan tanishtiradi;
Filial balansidagi barcha moddiy qiymatliklarni yaxshi va ehtiyotkorona saqlanishiga bevosita javobgar hisoblanadi;
Boshqarma boshlig‘i vaqtinchalik yo‘q paytida xo‘jalik mudiri uning vazifalarini bajaradi;
Ishlar boshqarmasi faoliyatiga oid barcha qilingan ishlar yuzasidan vazir va vazir o‘rinbosarlariga hisobot berib boradi;
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqadi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
Registrator ofisi
Yusufov Nodirbek Islombekovich
Registrator ofis boshlig’i
Tel: 99-695-72-35
Elektron manzil: nodirbekyusufov@gmail.com
Yo’ldoshev Botir Hamzayevich
Registrator ofis menejeri
Tel: 99-677-91-22
Elektron manzil: yoldoshevbotir9@gmail.com
Bafoyev Jahongir O’tkir o’g’li
Registrator ofis menejeri
Tel: 94-168-10-31
Elektron manzil: jahongirbafoyev3110@gmail.com
Aliboyev Muhammadrizo Valijon o’g’li
Registrator ofis menejeri
Tel: 90-004-09-39
Elektron manzil: m.rizomed@mail.ru
Bo‘lim faoliyati haqida
Registrator ofisi bo‘limi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali (TDTU Chirchiq filiali)ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib talabalikka qabul, oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Bo‘limning asosiy funksiyalari:
Talabalarga tegishli boʻlgan statistik maʼlumotlarni yuritish hamda “HEMIS” axborot tizimiga toʻgʻri kiritilishini nazorat qilish;
Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash jarayonini muvofiqlashtirish:
“HEMIS”, “Moodle”, “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;
Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, TDTU Chirchiq filiali oʻquv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;
Oʻquv jarayoni grafigiga asosan elektron taʼlim platformasida oʻquv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazoratlar jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini tizim orqali nazorat qilish;
TDTU Chirchiq filialiga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga asosan TTAning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini umumlashtirish va tahlil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash);
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va TTA tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini hamda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
To‘rayev Bahodir Sherali o‘g‘li
Boʻlim boshligʻi
Tel: +998908069349
E-mail: bahodir_torayev@mail.ru
Bo‘lim haqida
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali tarkibiga kiradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali (ToshDavTU Chirchiq filiali) direktorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Bo‘limning asosiy maqsadi
Ta’lim sifatini nazorat qilish (TSNQ) bo‘limining asosiy maqsadi ToshDavTU Chirchiq filiali talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, ToshDavTU Chirchiq filialini ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.
TSNQ bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarining fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;
ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirilganligi, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratilganligini o‘rganish;
professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
ToshDavTU Chirchiq filialini ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar berish;
o‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligini va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish;
malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasini o‘rganish;
o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;
dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganish;
talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganlik darajasini monitoring qilish;
professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;
professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;
axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va ularni yaxshilash bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish;
ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalari va ularga asoslanib tegishli takliflarni ToshDavTU Chirchiq filiali rahbariyatiga taqdim etish
Bo‘lim haqida
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali tarkibiga kiradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali (ToshDavTU Chirchiq filiali) direktorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Bo‘limning asosiy maqsadi
Ta’lim sifatini nazorat qilish (TSNQ) bo‘limining asosiy maqsadi ToshDavTU Chirchiq filiali talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, ToshDavTU Chirchiq filialini ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.
TSNQ bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarining fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;
ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirilganligi, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratilganligini o‘rganish;
professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
ToshDavTU Chirchiq filialini ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar berish;
o‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligini va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish;
malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasini o‘rganish;
o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;
dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganish;
talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganlik darajasini monitoring qilish;
professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;
professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;
axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va ularni yaxshilash bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish;
ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalari va ularga asoslanib tegishli takliflarni ToshDavTU Chirchiq filiali rahbariyatiga taqdim etish
Ichki nazorat va monitoring bo‘limi
Quranbayeva Zilola Shavkatovna
Telefon raqami: +998909740292
- Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali Ichki nazorat va monitoring bo‘limi kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv talim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Oliy talim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining hamda Filial bo‘yicha ichki buyruqlar, qarorlar va ko‘rsatma-farmoyishlarning ijro etilishini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan.
2. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga va «Ichki nazorat va kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi Filialda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, manaviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va filial bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Ichki nazorat va monitoring bo‘limi asosiy vazifalari:
Ta’lim boshqaruvi organlari (Vazirlik, rektorat, Ilmiy kengash)da ta’lim ishini takomillashtirish va isloh qilish bo‘yicha material va takliflarni tayyorlash.
Filial buyruq va qarorlari bajarilishini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Professor-o‘qituvchi tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini ichki nazorat qilishni tashkillashtirish va amalga oshirish.
Professor-o‘qituvchi tarkib faoliyatini baholashning reyting uslubini joriy qilish.
Filial rahbariyatiga kamchiliklarni oldini olish, muammolarni yechimini topish, xodimlarning egallagan lavozimiga mosligi haqida takliflar berish.
Filialda va mos o‘quv bo‘limlari (malaka oshirish instituti, lisey va boshq.)da ta’lim va ta’lim standartlari me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishini nazoratga olish.
Filial va unga biriktirilgan ta’lim muassasalari ishida ishtirok etish.
Fakultetlar, kafedralar va filial boshqa struktur bo‘linmalarida xizmat majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish, shuningdek zarur holatlarda mutaxassislarni jalb qilish.
Barcha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish, davlat attestasiyasini amalga oshirish, magistrlik dissertasiyalari va bitiruv malakaviy ishlarni nazorat qilish.
Monitoring va ichki inspeksiya bo‘limi vakolati doirasida malakali professor va o‘qituvchilarni jalb qilgan holda masalalarni joylarda ko‘rib chiqish guruhlarini tashkil etish.
Reja-moliya bo’limi
Tursinov Bunyod Sherpo‘lat o‘g‘li
Reja-moliya bo‘limi boshlg‘i
Tel: 99-724-59-66
Emal: bunyodbektursunov@gmail.com
Bo‘lim faoliyati haqida
Moliya-iqtisodiyot bo‘limi Toshkent tibbiyot universiteti Chirchiq filiali (TTU Chirchiq filiali)ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘limning majburiyatlariga joriy va perespektiv planlarni ishlab chiqish, TTU Chirchiq filiali bo‘limlarni prognozi va saqlab turish turish harajatlarini ishlab chiqish, turli manbalardan (davlat budjeti, kontrakt-to‘lov maxsus mablag‘lar, ilmiy-izlanish faoliyatidan va boshqa manbalardan) TTU Chirchiq filialining moliyaviy ehtiyojini aniqlash va amaliyotga tadbiq qilish. Moliya-iqtisodiyot bo‘limi budjet, to‘lov-kontrakt, maxsus mablag‘lar, rivojlantirish fondi va grand bo‘yicha sarf-harajat smetasini tuzadi va ishini tashkil etadi. Smeta bo‘yicha har bir yo‘nalishdagi joriy yil uchun talab qilinadigan ehtiyojlar ro‘yxatini tuzib chiqish va bo‘limlar va kafedralar bilan smeta harajatlari miqdorni budjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar limitidan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Bo‘lim shuningdek TTU Chirchiq filialining moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish va istiqbolli loyihalarni tatbiq etadi.
Bo‘limning asosiy funksiyalari:
Shtat jadvalini tuzish va nazorat olib borish;
Smeta sarf-harajatlari prognozini ishlab chiqish hamda nazorat olib borish;
TTU Chirchiq filialining barcha turdagi faoliyati ustidan majmuaviy iqtisod tahlilini olib borish;
TTU Chirchiq filialining barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik hisob-kitobini olib boradi va o‘rnatilgan muddatlarda joriy hisobotlarni tayyorlab boradi;
Yangi o‘quv yili uchun hamda ish xaqi va stipendiyadar oshirilganda professor-o‘qituvchi, maʼmuriy-xo‘jalik, o‘quv yordamchi xodimlar tarifikatsion ro‘yxatini tuzish;
Meʼyoriy baza o‘zgarshini hisobga olib shtat jadvalini korrektirovaka qilish;
Moliya manbasini hisobini olib borish.
Budjet va nobyudjetdan mablag‘laridan moliyalashtiriluvchi smeta sarf-harajatlarini tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining tasdig‘idan o‘tgan limit asosida smeta sarf-harajatlarini korrektirovka qilish;
Hisobxona maʼlumotlari asosida smeta mablag‘larining sarflanishini tahlil qilib borish;
Professor-o‘qituvchi, maʼmuriy-xo‘jalik hamda o‘quv yordamchi xodimlarni mehnat shartnomalariga oylik maoshlarini o‘rnatish;
Har oyda TTU Chirchiq filialining bo‘limlaridan, kafedralaridan kelgan tabellarni tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan tekshirish.
Toshkent Davlat Tibbiyot universiteti Chirchiq filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlar haqida ma’lumot.
№ | F.I.Sh | lavozimi | Tel raqami | Rasm |
1 | Diyorova Nilufar Bobonazar qizi | Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat -ma’rifat bo‘limi boshlig‘i | +99893 071 08 99 | ![]() |
2 | Pulatova Elzoda Akbaraliyevna | Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat -ma’rifat bo‘limi uslubchisi | +998 95 870 07 46 | ![]() |
3 | Axrarova Muhayyo Hasanovna | Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat -ma’rifat bo‘limi tyutori | +998 99 401 12 07 | ![]() |
4 | Tovbayev Toshpo’lat Bo’riboyevich | Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat -ma’rifat bo‘limi tyutori | +998 33 441 58 81 | ![]() |
5 | Xusanov Xusan Qosimjonovich | Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat -ma’rifat bo‘limi tyutori | +998 77 024 06 31 | ![]() |
6 | Temirov Jaxongir Yorqin O’g’li | Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat -ma’rifat bo‘limi tyutori | +998 90 027 22 92 | ![]() |
7 | Raximberdiyeva Iroda Zakirjanovna | Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat -ma’rifat bo‘limi psixologi | +998 99 236 68 86 | ![]() |