Uzoq Xorijiy talabalarni Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Chirchiq filialiga talabalikka qabul qilish normativlari haqida umumiy ma’lumot
Ta’lim olish narxi : 2 500 $ (dollar qiymati O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining amaldagi valyuta kursi bo’yicha ayriboshlanadi) ;
Ariza topshirish tartibi: Nomzod tarafidan chet elga chiqish passporti, o’rta yoki o’rta maxsus ta’limni tamomlaganligini tasdiqlovchi diplom yoki shahodatnoma, oliy ta’lim muassasida o’qish uchun tibbiy sog’lomligi haqida ma’lumotnomalarning nusxalarini Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Chirchiq filialining electron pochta manzili (ttachfilial@mail.ru) ga elektron tarzda yuboriladi;
Bog’lanish raqamlari: + 998 99 725 26 37, + 998 99 725 26 38.
Imtixon bosqichlari: Uzoq xorijiy davlat vakillarini Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Chirchiq filialiga talabalikka qabul qilish 2 bosqichdan tashkil topgan suhbat asosida amalga oshiriladi:
1 bosqich: Psixologik suhbat. Bunda nomzodning oliy ta’lim muassasida taxsil olish uchun qay darajada psixologik tayyor ekanligini tekshirish;
2 bosqich: Mutaxassislik fanlariga asoslangan suhbat. Bunda nomzodning mutaxassislik fanlari (kimyo va biologiya) dan tibbiyot oliy ta’lim muassasida ta’lim olish uchun yetarlicha bilimga ega ekanligini tekshirish.